14.05.2026
52
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA IOT SENSORLARI VA KOMPYUTER KO‘RISH TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA AVTONOM TRANSPORT VOSITALARINI ADAPTIV BOSHQARISH MODELI: XORIJIY TAJRIBA, MAVJUD HOLAT TAHLILI VA TAKLIFLAR

Muallif: Urinova, Gulxayo Sarvarovna; Lee, Seungjik

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida avtonom va yarim avtonom transport vositalarini adaptiv boshqarish uchun IoT sensorlari hamda kompyuter ko‘rish texnologiyalariga asoslangan yondashuv tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2021–2026-yillarda O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari dinamikasi, transport vositalari sonining ortishi, foto-video qayd etish tizimlari, “Xavfsiz va ravon yo‘l” dasturi hamda yo‘l harakati xavfsizligini raqamlashtirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar texnik nuqtayi nazardan baholangan. Xorijiy tajriba sifatida Yevropa Ittifoqi, AQSH, Singapur, Xitoy, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va C-ITS/V2X tizimlari o‘rganilgan. Maqolada IoT–Computer Vision–Fusion asosidagi ICF-ABM modeli taklif etilib, unda yo‘l qoplamasi, ob-havo, transport oqimi, piyodalar, svetofor, yo‘l belgisi va xavfli obyektlar haqidagi ma’lumotlar yagona xavf indeksiga birlashtiriladi. Taklif etilgan model real vaqt rejimida xavfni baholash, tezlikni moslashtirish, xavfsiz masofani saqlash, tormozlash va yo‘nalish tanlash qarorlarini optimallashtirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: IoT sensorlari, kompyuter ko‘rish, avtonom transport, adaptiv boshqaruv, sensor fusion, xavf indeksi, yo‘l sharoiti, V2X, C-ITS, edge computing.

Jurnaldagi sahifalar: 293 - 306

Yuklab olish