Muallif: Boysariyev, Muhriddin Muzaffar o‘g’li
Annotatsiya: Bugungi kunda iqtisodiy salohiyat va ilmiy-texnik taraqqiyot sohalarida dunyoda yetakchi o‘rin egallagan davlatlar mavjud. Biroq, ilm-fanning shu qadar chuqurlashgani va uning amaliy qo‘llanilishi shu darajada kengayganki, hech bir mamlakatda olimlar barcha yo‘nalishlarni to‘liq qamrab ola olmaydi. Har qanday muammoni boshqa soha vakillaridan ajralgan holda yechish imkoniyati tobora kamayib bormoqda. Chunki muammolar ummoni cheksiz, ularni hal qilishga xizmat qiluvchi fikrlar va yondashuvlar esa undan-da rang-barangdir. Shu sababli olimlar o‘rtasida doimiy fikr almashinuvi va ilmiy hamkorlikka intilish doimo muhim o‘rin tutgan. Aynan shu tamoyil AQSh va O‘zbekiston ilm-fan ahli o‘rtasidagi hamkorlikda, hamda xalq diplomatiyasining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kalit so'zlar: ilmiy hamkorlik, do‘stlik jamiyati, AQSh universitetlari, ACCELS dasturi, xalq diplomatiyasi, ilmiy seminarlar.
Jurnaldagi sahifalar: 539 - 549