Muallif: Boboyorov, Marat Ochilovich; Ochilov, M.M.
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlikning qariyb o‘ttiz yillik davri mobaynida savdo, iqtisodiyot, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniyat hamda boshqa sohalarda tuzilgan ikki yuzdan ziyod ikki tomonlama hujjatlar muhim asos bo‘lganligi, davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning barcha jabhasi bo‘yicha ishonchli, ochiq muloqotda uchrashuvlarning natijadorligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalaridagi o‘zaro manfaatli, amaliy sheriklikni kengaytirish hamda strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish borasida amalga oshirilgan ishlar statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: strategik hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik, umumiy ta’lim, axborot makoni, mehnat migratsiyasi, tashqi iqtisodiy integratsiya, o‘zaro savdo ayirboshlash