Muallif: Xolnazarova, O‘g‘ilshod Rashid qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlashda davlat institutlarining tarixiy-institutsional roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu siyosatning faqat normativ-huquqiy hujjatlar bilan cheklanmasdan, uni hayotga tatbiq etuvchi institutsional mexanizmlar orqali amalga oshirilgani asoslab beriladi. Xususan, diniy sohani muvofiqlashtirish, millatlararo munosabatlarni boshqarish, mahalla institutining profilaktik vazifasi hamda fuqarolik jamiyati tuzilmalari bilan hamkorlikning amaliy natijalari yoritiladi. Shuningdek, 1990–1992-yillardagi Farg‘ona vodiysidagi keskinlik va 2005-yil Andijon voqealari tajribasi asosida “reaksion” yondashuvdan “oldini oluvchi va muvozanatni saqlovchi” boshqaruv modeliga o‘tish jarayoni ilmiy asosda izohlanadi. Maqolada O‘zbekiston tajribasining xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan holda milliy sharoitga mos tadbiq etilishi ham ko‘rsatib beriladi.
Kalit so'zlar: diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, davlat institutlari, tarixiy-institutsional yondashuv, profilaktika, ijtimoiy muvozanat, mahalla, milliy-madaniy markazlar, integratsiya, fuqarolik jamiyati
Jurnaldagi sahifalar: 212 - 220