13.06.2023
200
O‘ZBЕKISTONDA OLIY TA’LIMDAN KЕYINGI TA’LIM TIZIMIDA TAYYORLANADIGAN KADRLAR SONI VA ULARGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING 2023-2027 YILLARGA PROGNOZ QIYMATLARI

Muallif: Norov, Asror Egamberdiyevich

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda so‘nggi 10 yildagi pedagogik kadrlar soni haqidagi statistik ma’lumotlardan foydalanildi. Tahlil uchun tanlangan omillar sifatida bitiruvchilar soni, talabalar soni, muassasalar soni va oliy ta’limni moliyalashtirish darajasi ko‘rsatilgan. Shuningdek, ilmiy darajali kadrlar soni bo’yicha hisoblangan tavsifiy statistikalar, respublikada ilmiy darajalilar soni va unga ta’sir etuvchi omillarning 2023-2027 yillarga prognoz qiymatlari keltirilgan. Shuningdek, Prognoz davrida OTM va ITIlardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar sonining ortib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda (ko’plab yangi ixtisosliklar ochilishi natijasida). 2022 yilda respublika bo’yicha 275 ta ixtisoslashgan ilmiy kengashlar mavjud bo’lgan bo’lsa, 2027 yilga kelib 320 tani tashkil etishini kuzatishimiz mumkin. Demak, prognoz davrida OTM va ITIlarda yana 50 ga yaqin yangi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar tashkil etilishini kuzatish mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonda professor-o‘qituvchilar sonining ekonometrik o‘rganilishi ijobiy tendentsiyani ko‘rsatdi, biroq mamlakatda oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarur. Pedagog kadrlarni ta’lim muassasalari va hududlar bo‘yicha teng taqsimlashni ta’minlash, o‘qituvchilarning mehnatiga haq to‘lash darajasini oshirish muhim ahamiyatga egaligi xulosalari berilgan.

Kalit so'zlar: PhD, DSc, ilmiy darajali kadrlar, doktorantura, ilmiy maqolalar, professor-o‘qituvchilar, yashil energetika, ichki, tashqi, iqtisodiy, ijtimoiy omillar

Jurnaldagi sahifalar: 291 - 309

Yuklab olish