23.10.2025
287
O‘ZBEKISTONDA PROFESSIONAL TA’LIMGA QARATILGAN ISLOHOTLAR

Muallif: Nazarova, Hafiza Xolmurodovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida professional ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar tahlil etiladi. Unda kadrlar tayyorlash jarayonini mehnat bozorining real ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, ta’limning amaliy yo‘nalishini kuchaytirish va dual ta’lim tizimini joriy etish orqali mutaxassislar raqobatbardoshligini oshirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, kasbiy malaka tizimini shakllantirish, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, xalqaro standartlar asosida o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish hamda professional ta’lim muassasalarida innovatsion boshqaruv mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi.

Kalit so'zlar: Shavkat Mirziyoyev, professional ta’lim, islohotlar, dual ta’lim tizimi, kasbiy malaka, innovatsion ta’lim, Taraqqiyot strategiyasi, pedagog.

Jurnaldagi sahifalar: 189 - 193

Yuklab olish