Muallif: To‘ychiyev, Nodir Erkin o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqola O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishini baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirish masalasini ilmiy jihatdan ko'rib chiqadi. Tadqiqotda xalqaro baholash indekslarining — NRI, EGDI, IDI, DESI, GII — metodologik cheklovlari qiyosiy tahlil orqali aniqlanadi va O'zbekiston sharoitiga moslashtirilgan milliy integral model taklif etiladi. Milliy Raqamli Rivojlanish Indeksi (NRRI) 28 ta ko'rsatkich va 6 ta komponentdan tashkil topib, mamlakat raqamli iqtisodiyotini kompleks baholashga mo'ljallangan. Hududiy Raqamli Rivojlanish Indeksi (HRRI) esa viloyatlar kesimida taqqoslash va maqsadli siyosat ishlab chiqish uchun vosita sifatida taklif etiladi. 2023-yil rasmiy statistik ma'lumotlari asosida amalga oshirilgan hisob-kitoblar O'zbekistonda raqamli rivojlanish darajasida Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston o'rtasida 1.99 barobarga yaqin hududiy tafovut mavjudligini raqamli ko'rinishda isbotladi. Tadqiqot natijalari Raqamli texnologiyalar vazirligi va viloyat hokimliklari uchun amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.
Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, integral indeks, NRRI, HRRI, hududiy tafovut, baholash uslubiyati, Digital Uzbekistan 2030, xalqaro indekslar, ko'rsatkichlar tizimi, normalizatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 637 - 657