20.08.2023
196
O‘ZBEKISTONDA SHAXSIY HAYOT DAXLSIZLIGIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI FUQAROLIK HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Muallif: Koryog‘diyev, B.U.

Annotatsiya: Ushbu maqola o’z o’quvchisi uchun Markaziy Osiyoning asosiy davlatlaridan biri bo’lgan O’zbekistonda shaxsiy hayot daxlsizligi huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishga oid qonunchiligi haqida umumiy tasavvur beradi. O’zbekistondagi bu boradagi Xalqaro tashkilotlar, jumladan Privacy International kabi nodavlat tashkilotlar tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlarning sabablari tahlil qilinganda, shaxsiy hayot daxlsizligi himoyasiga berilgan pastroq baho ushbu davlatning faqat qonunchiligi bilan bog’liq emasligini ko’rish mumkin. Mamlakatda shaxs daxlsizligi, shaxsni individuallshtiruvchi huquqlarini (tasvirga, nomga bo’lgan huquqlar) amalga oshirish, uy-joy hamda shaxsiy sir daxlsizligi kabi privacy huquqlari birinchi navbatda Konstitutsiya bilan, undan keyin esa Fuqarolik hamda Jinoyat kodekslari bilan tartibga solingan. Bunday huquqlarning buzilishiga asosan, amaliyotda qonunlarning yaxshi ishlamasligi va huquqiy negilism ko’proq sabab bo’lsa ham, biroq qonunchilikdagi muammolar ham ko’zga tashlanadi. Bunday muammolarning birinchisi shaxsiy hayot daxlsizligiga oid huquqlarni himoya qilish asoslari va choralari fuqarolik huquq doirasida juda ko’p kamchiliklarga ega bo’lib, huquqi buzilgan jabrlanuvchilar ko’pincha jinoyat sudlari orqali o’z huquqlarini tiklashga harakat qilishidir. Biroq, jinoyat huquqiy javobgarlik garchi muqarrar jazo choralariga ega bo’lsa ham, u fuqarolik huquqi singar buzilgan huquqlarni to’liq tiklash xususiyatiga ega emas. Sababi, jinoiy jazolarning funksiyasi javobgarni jamiyat oldida tarbiyalash, jabrlanuvchining huquqlarini tiklash emas.

Kalit so'zlar: nomulkiy huquqlar, shaxsiy hayot daxlsizligi, tasvirga bo’lgan huquq, nomga bo’lgan huquq, ovozga bo’lgan huquq.

Jurnaldagi sahifalar: 60 - 74

Yuklab olish