11.09.2026
22
O‘ZBEKISTONDA YASHIL INVESTITSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI: INVESTITSIYA MUHITIDAGI TO‘SIQLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH STRATEGIYALARI

Muallif: Ilhomova, Nozaninbonu Ilyosjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda yashil investitsiyalarni rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati, imkoniyatlari va muammolari tahlil qilinadi. Yashil investitsiyalar qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish, energiya samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda O‘zbekistonning 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tish maqsadlari, xalqaro tavsiyalar va energetika loyihalari tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud moliyaviy, institutsional va axborot muammolari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berildi. Yashil obligatsiyalar, davlat-xususiy sheriklik, yashil kreditlash va loyihalarni baholashning yagona mezonlari istiqbolli yo‘nalishlar sifatida asoslanadi.

Kalit so'zlar: yashil investitsiyalar, yashil iqtisodiyot, yashil moliya, qayta tiklanuvchi energiya, yashil obligatsiyalar, ekologik barqarorlik, investitsiya muhiti, yashil kreditlash, O‘zbekiston.

Jurnaldagi sahifalar: 267 - 275

Yuklab olish