15.12.2025
18
O‘ZBEKISTONNING GLOBAL MADANIY VA ILMIY MAYDONDAGI O‘RNI

Muallif: Furkatova, Nilufar

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda o‘tkazilgan UNESCO konferensiyasining mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, uning madaniy, ta’limiy va ilmiy sohalarga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Tadbirning O‘zbekistonning xalqaro imijini mustahkamlashdagi ahamiyati, shuningdek 2023–2027 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston–UNESCO hamkorlik dasturi doirasida ilgari surilgan tashabbuslarning istiqbollari yoritiladi. Konferensiyaning o‘tkazilishi milliy madaniy merosni asrash, raqamli innovatsiyalarni joriy etish, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va yoshlar salohiyatini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda yangi imkoniyatlar yaratdi. Tahlil natijalari mazkur forumning O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning madaniy va ilmiy markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri ekanini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: tashabbuslar, raqamli transformatsiyalar, zamonaviy sivilizatsiyalar, barqaror taraqqiyot, tinchlik, madaniy ko’prik

Jurnaldagi sahifalar: 38 - 42

Yuklab olish