15.03.2024
333
O‘ZBEKISTONNING SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTIDAGI MINTAQAVIY VOSITACHILIK RO‘LI VA AHAMIYATI

Muallif: Nazarova, Feruza

Annotatsiya: Ushbu maqolada Shanxay hamkorlik tashkilotining faoliyati uni tashkil etishning institutsional huquqiy asoslari hamda tashkilot doirasida O‘zbekiston ishtiroki, tashabbuslari va undan kutilayotgan istiqbollar masalalari tahlil etilgan. ShHTni ilmiy tadqiq etish va uning kelajakdagi bashoratini tahmin qilish bugunggi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. A’zolari soning ortishi tufayli tashkilot geosiyosiy xaritasining kengayib borishi, hamda iqtisodiy salohiyatning yuksak darajada ko‘tarilishi kabi omillar ShHT dagi rivojlanayotgan davlatlar uchun keng imkoniyatlar ochadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda to‘laqonli a’zo hisoblangan O‘zbekiston bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun ko‘plab tashabbuslarni ilgari surmoqda va imkoniyatlarni qo‘lga kiritmoqda. Tabiiyki hamkorlining keyingi istiqbollari shunday tashabbus va takliflarning samaradorligiga bog‘liq sanaladi. Biz tahlil davomida O‘zbekistonning tashkilotdagi ishtiroki, undan ko‘zlangan iqtisodiy maqsadlar va geosiyosiy strategiyalari haqida baxs yuritgamiz.

Kalit so'zlar: ShHT, Sindao sammiti, geosiyat, strategiya, bir makon bir yo‘l, yashil kamar, Afg‘oniston, Eron, Hindiston, Pokiston, O‘zbekiston, Sharq-G‘arb, Shimol-janub, geografik o‘q, transport-logistika.

Jurnaldagi sahifalar: 56 - 72

Yuklab olish