Muallif: Nazarova, Fotima Sharipovna; Halimova, Jasmina.
Annotatsiya: Evolutsion taraqqiyot davrida gelmintlar tanasining morfologik tuzilishi bo’yicha parazit hayot kechirishga, ayniqsa, anaerob yo’l bilan moddalarni hazm qilishga o’ta moslashgan. Anaerob organism sifatida hayot kechirishga moslashuvning biokimyoviy tavsifi bo’lib gelmintlarda modda va energiya almashinuvining o’ziga xosligi hisoblanadi. Voyaga yetish davrlari bilan ayrim fermentli tizimlar faolligining so’nishi, tez o’sishi, rivojlanishi va juda ko’p nasl qoldirishi uchun oqsillar biosintezini jadal yo’llar bilan ta’minlanishi gelmintlarning parazit hayot kechirishga moslashuvining asosiy belgilaridir.
Kalit so'zlar: gelmint, larvosista, mikrotrihiyalar, Krebs zanjiri, anaerob, mitohondriya, ATF sintezi.
Jurnaldagi sahifalar: 656 - 660