Muallif: Sirojova, Zarnigor Nasriddinovna
Annotatsiya: Ushbu tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida hohosh va istakni ifodalovchi maqollarni kognitiv va pragmatik jihatdan tahlil qilishdir. Aralash metodologik yondashuv qo‘llanilib, sifat va miqdoriy tahlil amalga oshirildi. Ma'lumotlar Oxford Dictionary of Proverbs va O‘zbek Xalq Maqollari kabi ishonchli lug‘at va xalq og‘zaki ijodidan olindi. Tahlil jarayonida iroda ifodalari uchun asosiy kognitiv metaforalar, masalan, "yo‘l" va "to‘siqlar" aniqlandi. Pragmatik tahlil shuni ko‘rsatdiki, madaniy tafovutlar mavjud: ingliz maqollari shaxsiy mas'uliyatni urg‘ulasa, o‘zbek maqollari ko‘proq jamoaviy mehnat va moslashuvchanlikka urg‘u beradi. Ushbu tadqiqot o‘zaro madaniy aloqa tushunchasini chuqurlashtiradi va maqollar madaniy qadriyatlarni aks ettirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Kelajakda maqollarning zamonaviy tildagi o‘rni bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar uchun zamin yaratadi.
Kalit so'zlar: paremiologiya, iroda, istak, kognitiv metaforalar, pragmatika, ingliz maqollari, o‘zbek maqollari, madaniyatlararo aloqa
Jurnaldagi sahifalar: 380 - 388