21.06.2023
279
PEDAGOGIK INTEGRATSIYA TA’LIMNI INTEGRALLASH TOIFASI SIFATIDA

Muallif: Tairov, Sherzod Mirzadjanivych; Askarova, Barchinoy Abdiraximovna

Annotatsiya: Maqolada pedagogik integratsiyani integratsiyalashgan ta’lim toifasi sifatida o’rganishga bag’ishlangan dolzarb muammo ko’rib chiqiladi. Ushbu maqolaning maqsadi umumiy falsafiy toifasidan kelib chiqqan holda, "integratsiya" ning dastlabki tushunchasini ko’rib chiqish orqali integratsiyalashgan ta’lim fenomenini aniqlashdir. Maqolani yozish jarayonida tizimli yondashuv qoidalari, faylasuflar, psixologlar va pedagoglarning ta’limda integratsiya nazariyasi va amaliyotiga bag’ishlangan ilmiy nashrlarini qiyosiy tahlil qilish usullaridan foydalanilgan. “Integrasiya” tushunchasini ilmiy-pedagogik adabiyotlarda uning ma’nosini izohlash nuqtai nazaridan o’rganildi. Integrasiyaning vujudga kelishi tarixiy jihatlari tahlil qilindi. Ta’limdagi “integratsiya” tushunchasining mohiyati ochib berilgan bo’lib, unga ilmiy tadqiqotlar tahlili asosida oydinlik kiritildi.

Kalit so'zlar: integratsiya, integratsiyalashgan ta’lim, toifa, boshlang’ich maktab, o’rganish, jarayon.

Jurnaldagi sahifalar: 668 - 671

Yuklab olish