Muallif: Baxronova, Dilrabo; Mo‘minova, Malika
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikning yetakchi yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan pragmalingvistika doirasida personifikatsiya (jonlantirish) hodisasining pragma-semantik xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot obyekti sifatida yozuvchi Isajon Sultonning “Xazinabon yoxud Hazrati Xizr izidan” asari tanlab olingan bo‘lib, undagi mavhum tushunchalar va tabiat hodisalarining insoniylashtirilishi semantik, pragmatik va kontekstual tahlil metodlari yordamida ochib berilgan. Tahlillar natijasida personifikatsiyaning badiiy matnda shunchaki stilistik bezak emas, balki qahramonlarning ichki psixologik holatini vizuallashtiruvchi va o‘quvchiga kuchli hissiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim lisoniy-pragmatik mexanizm ekanligi aniqlangan va ilmiy asoslangan.
Kalit so'zlar: pragmalingvistika, personifikatsiya, jonlantirish, semantik transformatsiya, kommunikativ niyat, nutqiy akt, badiiy matn, Isajon Sulton
Jurnaldagi sahifalar: 161 - 168