Muallif: Abdullayev, J.N.; Pirmatov, N.B.
Annotatsiya: Ma’lumki, elektr energiyasi ishlab chiqarishda sinxron generatorlar asosiy elektromexanik o’zgartkich hisoblanadi. Biroq an’anaviy turdagi sinxron generatorlarda kontakt halqa-cho’tka tizimining mavjudligi ularning asosiy kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun sinxron generatorlarni takomillashtirish bugungi kundagi muhim vazifalardan biridir. Cho’tkasiz turdagi sinxron generatorlardan foydalanish ushbu muammoning yechimidir. Ushbu maqolada cho’tkasiz turdagi sinxron generatorlardan foydalanish masalalari tahlil etilgan. Maqolada cho’tkasiz sinxron generatorning elektr sxemasi keltirilgan va ularning an’anaviy turdagi sinxron generatorlarga nisbatan afzallik jihatlari keltirib o’tilgan.
Kalit so'zlar: kontakt halqa-cho’tka tizimi, cho’tkasiz sinxron generator, qo’zg’atish chulg’ami, qo’zg’atkich, to’g’rilagich, elektr sxema.