Muallif: Narimonov, Diyorbek Maqsudovich
Annotatsiya: Mazkur maqolada XX asr va XXI asr boshlarida arab davlatlarining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yo‘llari, milliy-ozodlik harakatlari hamda “sotsialistik yo‘nalish” va demokratik islohotlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Shuningdek, neft omilining xalqaro siyosatdagi o‘rni, islom dinining siyosiylashuvi va islom fundamentalizmining rivojlanish tendensiyalari yoritiladi. Arab mamlakatlarida kechgan demokratik jarayonlar (Jazoir, Tunis, Misr misolida) hamda “Arab bahori” hodisasi tarixiy va siyosiy nuqtai nazardan baholanadi. Tadqiqotda Sharq jamiyatlariga xos demokratik modelning o‘ziga xosligi va G‘arb demokratiya konsepsiyasidan farqli jihatlari ilmiy asosda tahlil etiladi.
Kalit so'zlar: arab davlatlari, milliy-ozodlik harakati, sotsialistik yo‘nalish, islom siyosati, neft omili, demokratiya, Arab bahori, modernizatsiya, Jazoir, Misr, Tunis.
Jurnaldagi sahifalar: 347 - 352