11.09.2026
17
QARSHI SHAHRI SUV TA’MINOTI NASOS PARKINING ENERGIYA SAMARADORLIGINI CHASTOTALI BOSHQARUV ASOSIDA OSHIRISH

Muallif: Rahimov, Ashraf Rasul o‘g‘li; Murodullayev, Javoxir Raxmatillo o‘g‘li

Annotatsiya: Maqolada Qarshi shahri markazlashtirilgan suv ta’minoti tizimidagi nasos parkining tarkibi, pasport ko‘rsatkichlari va energiya samaradorligi tahlil qilingan hamda chastotali boshqaruvni (VFD) joriy etishdan olinadigan energiya tejash miqdori asoslangan. «Qashqadaryo suv ta’minoti» AJ Qarshi shahar bo‘limining birlamchi hujjatlari asosida 39 ta inshootdagi 164 ta nasos agregati (156 tasi soz, 8 tasi nosoz) inventarizatsiya qilindi. Tizimda eng ko‘p tarqalgan NSC200-150-460 rusumli nasos misolida nasos va quvur tavsifnomalarining kesishishi bo‘yicha ish nuqtasi aniqlanib, o‘xshashlik (affinlik) qonunlari asosida beshta chastota rejimi uchun val quvvati hisoblandi. Nisbiy aylanish chastotasini 8 % ga (s = 0,92 gacha) kamaytirish agregat quvvatini 23,9 % ga kamaytirishi, bunda nasosning foydali ish koeffitsiyenti 0,77 dan 0,75 gacha, ya’ni deyarli o‘zgarmasligi ko‘rsatildi. Tizim miqyosida hisoblangan tejash 17,7 % ni tashkil etadi; ehtiyotkorlik prinsipi bo‘yicha 14,7 % qabul qilinganda yillik tejash 503,9 ming kVt•soatga yoki 0,50 mlrd so‘mga teng bo‘ladi.

Kalit so'zlar: suv taqsimlash tarmog‘i, nasos agregati, chastotali boshqaruv, o‘xshashlik qonunlari, ish nuqtasi, energiya samaradorligi, foydali ish koeffitsiyenti, energiya tejash, Qarshi shahri.

Jurnaldagi sahifalar: 302 - 312

Yuklab olish