12.06.2025
10
QASHQADARYO DARYOSI OQIMLARINI EHTIMOLLAR NAZARIYASI ASOSIDA BAHOLASH: STATISTIK TAQSIMOT MODELLARI QO‘LLANMASI

Muallif: Eshev, Sobir Samatovich; Egamov, Mirshohid Xolmurodovich

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Qashqadaryo daryosining ekstremal suv oqimlari ehtimollar nazariyasiga asoslangan statistik taqsimot modellaridan foydalanib baholandi. Tadqiqotda Gumbel, Log-normal, Pearson III va Normal taqsimot modellarining empirik ma’lumotlarga mosligi Kolmogorov–Smirnov testi va o‘rtacha kvadrat xatolik (RMSE) mezonlari orqali solishtirma tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Gumbel taqsimoti boshqa modellar bilan solishtirganda eng past RMSE (5.8 m³/s) va eng yuqori p-qiymat (0.45) ko‘rsatkichlariga ega bo‘lib, statistik jihatdan maqbul model sifatida aniqlangan. Jumladan, 100 yillik takrorlanish davri uchun maksimal suv oqimi qiymati 200 ± 10 m³/s deb baholandi. Mazkur statistik yondashuv toshqin xavfini baholash, xavfsizlik mezonlarini aniqlash hamda suv xo‘jaligi inshootlarini ilmiy asosda loyihalash uchun samarali prognoz vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin.

Kalit so'zlar: ekstremal suv oqimi, Gumbel taqsimoti, ehtimollar nazariyasi, statistik modellashtirish, Qashqadaryo daryosi, toshqin xavfi.

Jurnaldagi sahifalar: 341 - 348

Yuklab olish