Muallif: Orifjonov, Xasanboy Baxrom oʻgʻli
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi, rivojlanishi va strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilishi tahlil qilinadi. Ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilib, yuqori darajadagi rasmiy tashriflar, savdo bitimlari va qo‘shma loyihalarning ahamiyati yoritiladi. Maqolada O‘zbekiston va Qatar xalqaro maydondagi o‘zaro qo‘llab-quvvatlash siyosati, shuningdek, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasi atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik kelajakda yanada chuqurlashib, Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi mintaqalari o‘rtasida strategik ko‘prik vazifasini o‘tashi mumkin.
Kalit so'zlar: O‘zbekiston, Qatar, diplomatik munosabatlar, investitsiya, xalqaro hamkorlik, mintaqaviyaro hamkorlik, ShHT, Transafg‘on temir yo‘li, strategik sheriklik.
Jurnaldagi sahifalar: 85 - 95