15.12.2025
19
QATTIQ ZARRACHA XOSSALARINI ANIQLASHDA FRAKSION ANALIZ USULI TADQIQOTI

Muallif: Xo‘jamov, Umidjon Umarkulovich; Xalilova, Shaxnoza Isroilovna; Juraqulova, Sabina Shodiqul qizi; Xo‘jamova, Gulnigor Umarqulovna; Musirmonova, Sevara Rabiljanovna

Annotatsiya: Gravitatsiya massaga ega bo‘lgan barcha moddiy jismlar o‘rtasidagi universal fundamental o‘zaro ta’sirdir. U kichik tezliklar yaqinlashishida Nyuton qonunlari, umuman esa Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi bilan tushuntiriladi. Tortishish kuchi jismlarning massasiga va ular orasidagi masofaga bog‘liq: massa qanchalik katta va jismlar qanchalik yaqin bo‘lsa, tortishish kuchi shunchalik kuchli bo‘ladi. Boyitishning gravitatsion jarayonlari deb shunday jarayonlarga aytiladiki, zichligi, o‘lchami yoki shakli bilan farq qiladigan zarrachalarning muhitda harakatlanish xarakteri va tezligidagi farqi bilan og‘irlik kuchi va qarshilik kuchlarining ta’siri natijasida amalga oshiriladigan jarayonlardir. Gravitatsiya amalga oshiriladigan muhit sifatida suv, og‘ir suspenziya yoki eritmalar va havo – pnevmatik qo‘llaniladi. Gravitatsion jarayonlarga cho‘ktirish, og‘ir muhitlarda (asosan suspenziyalarda) boyitish, stollarda konsentratsiyalash, shlyuzlar, oqimli konsentratorlar, konussimon, vintli vaqarama-qarshi oqimli separatorlarda, pnevmatik boyitish kiradi. Gravitatsion jarayonlarga foydali qazilmalarni yuvishni ham kiritish mumkin. Gravitatsion boyitish jarayonlari odatda yuqori unumdorligi, boyitish apparatlari va ishlab chiqarish kompleksining soddaligi, nisbatan arzonligi va yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi.

Kalit so'zlar: fraksion analiz, zichlik, solishtirma o‘g‘irlik, fraksiya, qovushqoqlik, suspenziya.

Jurnaldagi sahifalar: 62 - 69

Yuklab olish