03.04.2022
532
QIYNOQQA SOLISH VA BOSHQA SHAFQATSIZ, G’AYRIINSONIY YOKI QADR-QIMMATNI KAMSITUVCHI MUOAMALA HAMDA JAZO TURLARINI QO’LLASH JINOYATINI KRIMINALIZATSIYA QILISH ASOSLARI

Muallif: Haydarov, Jaloliddin Hamza o’g’li

Annotatsiya: Ushbu maqolada qiynoqqa solish hamda boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo’llash harakatini ijtimoiy xavfli qilmish sifatida baholab, Jinoyat kodeksida kriminalizatsiya qilish asoslari yotitib berilgan. Qiynoqqa solish bilan bog’liq jinoyatlar jinoyat huquqiga kirib kelishi, shuningdek jinoyat qonunchiligiga kiritish orqali jinoyat huquqi qo’riqlashi lozim bo’lgan obyektlarni ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar sodir etilishidan saqlash maqsadi ochib berilgan. Maqolada qiynoqqa solish hamda boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʼllash uchun javobgarlik mavzusining hali mamlakatimiz huquq tizimi tomonidan kam ahamiyat berilgan mavzulardan biri ekanligi va hozirga kunga kelib jinoyat qonunchiligidagi mavjud norma ishlay boshlaganligini ushbu mavzudagi ilmiy bazaning kamligi yaqqol isbotlab beradi. Maqolada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz muoamala turlarini qoʼllashining nazariy asoslari tahlil qilingan hamda ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Qiynoq, kriminalizatsiya, ijtimoiy xavfli xatti-harakat, jinoyat obyekti, qiynoqqa solish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar.

Yuklab olish