13.12.2023
234
QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Muallif: Pardayev, Abdurahim Chori o‘g‘li

Annotatsiya: Ushbu maqolada dinshunoslik sohasining vujudga kelishi, qadimda dinshunoslik sohasiga oid yozilgan asarlar keltirilgan. G‘arb va sharq olimlarining qiyosiy dinshunoslik sohasi rivojlanishi uchun qo‘shgan hissalari haqida yozilgan. Ayniqsa musulmon olimlaridan Abu Rayhon Beruniy asarlari musulmon qiyosiy dinshunoslik sohasiga tamal toshi bo‘lib xizmat qilganligini bilib olishimiz mumkin. XI-XII asrlar musulmon dunyosida dinlar tarixi, turli ta’limotlar, e’tiqodlarni o‘rganish borasida bir qator asarlar yozilib, musulmon qiyosiy dinshunosligi sohasi alohida ilm sifatida shakllangan. Ushbu davrda yozilgan asarlarning avvalgi davrda yozilgan kitoblardan asosiy farqi, ularda raddiya va tanqid kam nisbatni tashkil etgan. Dinlar haqidagi xabarlar asosan ensiklopedik shaklda yoritilgan. Bu vaqtda Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Muhammad Ali ibn Hazm Andalusiy (994-1064), Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh (vaf. 1092) va Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy (1076-1153) kabi olimlar dinlar tarixi, aqidalari, marosimlari to‘g‘risida asarlar yozib qoldirdilar. Musulmon olimlarining qiyosiy dinshunoslikka oid asarlarida obyektivlik va xolislik asosiy o‘rinda turgan. Har bir din, e’tiqod to‘g‘risida fikr yuritilganda, ularni kamsitish, ta’limotlarini past sanash va raddiya berish kabi holatlar deyarli uchramaydi.

Kalit so'zlar: din, dinlar tarixi, qadimgi dinlar, diniy marosim, ibodat, dinshunos tadqiqotchilar, maqolat, radd, radiya, tarojim, manoqib, tabaqot, tazkira.

Jurnaldagi sahifalar: 109 - 120

Yuklab olish