14.06.2023
283
“QUTADG’U BILIG” VA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONLARIDA DIDAKTIK QARASHLAR UYG’UNLIGI

Muallif: Xoldorova, Gulnoza Husniddinovna

Annotatsiya: Mazkur maqola turkiy mumtoz adabiyot tadqiqiga qaratilgan bo’lib, unda Alisher Navoiy ijodining turkiy ildizlarini tavsiflash maqsad qilib olingan. Muallif Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiy didaktik qarashlarining uyg’unligini qiyosiy metod asosida dalillagan. O’zbek adabiyotidagi birinchi masnaviy usulida yozilgan doston bilan Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston o’rtasidagi g’oyaviy yaqinlikni isbotlovchi o’rinlar,baytlar talaygina. Musulmon Sharqida ijodkorning salohiyati G’arb adabiyotidagidan farqli ravishda yangi syujet yaratishiga qarab emas, balki an’anaviy voqelik, mavzu, qahramonlar doirasida yangi fikr ayta olish iqtidoriga qarab belgilangan. Aynan mana shu an’anaviylikni Alisher Navoiy ijodiga ham bevosita daxldor. O’zbek mumtoz adabiyoti Alisher Navoiy davrida o’zining eng yuksak bosqichiga ko’tarilgan bo’lsa-da, Alisher Navoiydan avval ham turkiy tilda, turkona uslubda o’lmas asarlar yaratilgan. Bu kabi asarlar, umumturk dunyosidagi mavjud dunyoqarash, albatta, Navoiy asarlarida qaytadan muhtasham bo’y ko’rsatgan.Bu fikrlar maqolada baytlar, baytlardagi o’xshatish va qiyoslashlar asosida dalillangan.

Kalit so'zlar: didaktik adabiyot, adabiy ta’sir, mumtoz adabiyot, an’anaviylik, falsafiy-ta’limiy yo’nalish, an’anaviy voqelik, an’anaviy mavzu, turkona uslub

Jurnaldagi sahifalar: 423 - 432

Yuklab olish