Muallif: Yaznonov, Muhammad Sarvar o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli kommunikatsiya sharoitida shaxsning ijtimoiy identifikatsiyasi bilan bog‘liq falsafiy, ijtimoiy-psixologik va ma’naviy-axloqiy muammolar tahlil qilinadi. Bugungi axborotlashgan jamiyatda inson o‘zini faqat bevosita ijtimoiy munosabatlar orqali emas, balki virtual muloqot, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli profillar, algoritmik tavsiyalar va onlayn jamoalar orqali ham anglaydi. Shu sababli identifikatsiya jarayoni an’anaviy ijtimoiy institutlar doirasidan chiqib, ko‘p qatlamli, dinamik va ziddiyatli tus olmoqda. Maqolada raqamli identitet, virtual obraz, ijtimoiy tan olinish, algoritmik ta’sir, axborot madaniyati, raqamli mas’uliyat va shaxs erkinligi masalalari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan yoritiladi.
Kalit so'zlar: raqamli kommunikatsiya, shaxs, ijtimoiy identifikatsiya, virtual identitet, ijtimoiy tarmoq, raqamli jamiyat, axborot madaniyati, algoritmik ta’sir, ijtimoiylashuv.
Jurnaldagi sahifalar: 316 - 322