26.03.2026
13
RAQAMLI MAKONDA MADANIY IDENTIFIKATSIYA VA O‘ZLIK MUAMMOSI

Muallif: Sodiqov, Islombek Otabek o‘g‘li

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli makonda madaniy identifikatsiya va o‘zlik muammosi tahlil qilinadi. Globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida insonning ijtimoiylashuvi, o‘z o‘zini anglash jarayoni hamda madaniy mansublik tushunchasi tubdan o‘zgarib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, virtual hamjamiyatlar va raqamli platformalar shaxs identifikatsiyasining yangi shakllarini yuzaga keltirmoqda. Maqolada raqamli muhitda shakllanayotgan ko‘p qatlamli identifikatsiya, “virtual o‘zlik” fenomeni hamda an’anaviy va raqamli madaniyat o‘rtasidagi ziddiyatlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida raqamli makon, raqamli muhit shaxsning madaniy o‘zligini transformatsiya qiluvchi omil sifatida baholanadi.

Kalit so'zlar: raqamli makon, identifikatsiya, raqamli identitet, globallashuv, virtual ijtimoiy makon, madaniy transformatsiya, axborot jamiyati.

Jurnaldagi sahifalar: 5 - 11

Yuklab olish