04.12.2021
716
Rasulova, N. (2021). ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA DO ‘ST TIMSOLINING YARATILISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 968-973.

Muallif: Rasulova, Nigora

Annotatsiya: O‘zbek adabiyotida do‘st timsoli juda qadim zamonlardan qo‘llanib kelingan. Hayotda sadoqatli do‘st topish, do‘stlikning orqasidan baxt-saodatga erishish syujeti asosiy syujetlardan hisoblangan. Do‘stlikning maqomi xususida turli rivoyatlar, hikoyatlar to‘qilgan. Hazrat Mir Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida do‘stlik tushunchasini juda ulug‘lagan. Hayoti davomida o‘ziga do‘st deb bilgan insonlarni juda izzat-ikrom qilgan. Ularga bag‘ishlab maxsus asarlar yaratgan. Shu bilan birga do‘st timsolini o‘z asarlarida ham keng qo‘llagan. Alisher Navoiy “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni bo‘lmish “Sab’ai sayyor” dostonida ham bir qator do‘st timsollari yaratilgan. Dostonning to‘qqizinchi bobini esa maktabdosh do‘sti Sulton Husayn Boyqaro madhiga bag‘ishlaydi. Uni cheksiz saxovat, chumoliga ham marhamatli adolat egasi deya ta’riflaydi. Shoh Bahromga atab qurilgan yetti qasrda yettita sayyoh tomonidan aytilgan yetti hikoyatda ham do‘st timsolining yorqin namunalariga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Maqolada Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonida keltirilgan hikoyatlarda do‘st timsolining yaratilishi, vafodor do‘st va do‘stlikka xiyonat kabilar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: “Sab’ai sayyor”, Farrux va Axiy, Zayd Zahhob, Juna va Mas’ud, Muqbil va Mudbil, do‘stga saqoqat, oliyjanoblik.

Yuklab olish