17.12.2023
140
REALISTIK RANGTASVIRNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Muallif: Yunusaliyev, Muxamadkodir Tadjimadovich

Annotatsiya: Davlat ta’lim standarti bo‘yicha, talabalar naturadan realistik yo‘nalishda rasm chizish qoidalarini o‘rganar ekanlar, ular realistik yo‘nalishni ma’zmuni hamda uni tasviriy san’atning tarixiy jarayonida paydo bo‘lishidagi omillar va sabablarini shuningdek realistik san’atning maqsad va vazifalari haqida ma’lum bir o‘ziga hos konkret tushunchaga ega bo‘lishlari shart. Сhunki realistik yo‘nalishdagi rangtasvirning o‘ziga hos ishlash qonun qoidalari mavjud bo‘lib, undagi qoidalarni talabalar aniq tushungan holda puxta o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi. Aks holda talabalar klassitsizm bilan romantizm, akademizm bilan naturalizm yo‘nalishlari tamoyilidagi asosiy jihatlarini bir-biriga nisbatan farqlamasdan turib realistik rangtasvirni mohiyatiga tushunib yetolmaydilar. Shunday ekan yuqorida keltirilgan ushbu yo‘nalish oqimlarida ishlangan tasviriy san’at asarlarining bir-biridan farqlash talabalar uchun dolzarb masaladir. Quyidagi ushbu maqolada tasviriy san’atning tarixiy jarayonida, klassitsizm, akademizm, naturalizm, romantizm va impressionizm yo‘nashishlari tamoyillaridagi tafovutlari va ularga nisbatan realistik yo‘nalishning asosiy farq qiluvchi jihati bo‘lgan qoidalari asosiga qaratilgan maqsad va vazifasining ma’zmuni hamda o‘ziga hos hususiyatlari yuzasidan muammoli vaziyat yechimlari tahlili berilgan.

Kalit so'zlar: Klassitsizm, naturalizm, akademizm, romantizm, impressio-nizm, realizm, yo‘nashish, janr, oqim, estetik, badiiy pozitsiya, antik davr, yangi burilish, ilg'or jamoatchilik kayfiyati, milliy madaniyat, milliy adabiyot, Barbizon maktabi, fazoviy perspektiva, plastik anatomiya.

Jurnaldagi sahifalar: 181 - 189

Yuklab olish