Muallif: Sharifova, Madinabonu Marifdjon qizi
Annotatsiya: Maqolada reklama, brend va boshqa targ`ibot turlarining tarixiy, tadrijiy rivojini, hozirgi davrda targ`ibot turlari estetikasining jamiyat hayotida tutgan o`rni, ularning jamiyat estetik hayotiga ta`siri masalalari atroflicha yoritishga harakat qilindi. Reklama, brend, brending, rebrending, PR kabi targ`ibot turlari tushunchalari va ularning estetik hodisa sifatida o`ziga xos ko`rinishda namoyon bo`lish shakllari yoritib berildi. Maqsadimiz manbalarga tayanib, reklama, brend va boshqa targ`ibot turlari estetikasining rivojlanish jarayoni va bu jarayonning jamiyat estetik hayotiga ta`sirini tarixiy-tadrijiy nuqtai nazardan tadqiq etish, reklama, brend va boshqa targ`ibot turlarini rivojlantirishda va ulardagi tasvirning shakllanishida estetikaning o`rnini nazariy asoslash hamda hozirgi davrda reklama, brend va boshqa targ`ibot turlarini estetik jihatdan tadqiq etish va rivojlantirishga doir taklif-tavsiyalar, amaliy va nazariy xulosalarni ishlab chiqishdan iborat.
Kalit so'zlar: reklama, brend, rebrending, reklama estetikasi, targ’ibot turlari, estetik hayot, estetik ehtiyoj.
Jurnaldagi sahifalar: 311 - 322