03.11.2023
211
SAMARQANDDA MADRASA TA’LIMI

Muallif: Xasanova, M.J.

Annotatsiya: Oʼzbekiston dunyo tamadduniga beqiyos hissa qoʼshgan allomayu fozillarni, shoirlarni tarbiyalab, ilmu urfon oʼrgatib, jahonga taqdim etgan diyor sanaladi. Ming yillar davomida mavjud boʼlgan jamiyat qanday tarzda boʼlmasin taʼlim-tarbiya tizimisiz boʼlmagan. Uning oʼziga xos xususiyatlari, muassasalari, taʼlim-tarbiya dasturi, oʼquv-qoʼllanma va darsliklari, oʼqish jarayoni qonun-qoidalari, oʼqituvchilar, mudarrislar va ular oldiga qoʼyiladigan talablar, oʼqitish uslubiyati, oʼquvchilarni imtihon qilish, oʼqituvchi-mudarrislarning attestatsiyasi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish kabi qator masalalar boʼlgan. Ushbu maqolada ham Samarqand davlat universitetining ildizi – Ulug’bek madrasayi oliyasi, Samarqanddagi madrasalar tarixi haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari unda ushbu madrasalarda faoliyat ko’rsatgan mudarrislar, tahsil olgan mashhur shaxslar haqida ham ma’lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Temuriylar, madrasa, madrasayi oliya, Samarqand, Jomiy, “Funun ul-balog’a”, mudarris, pir, ikkinchi Abu Ali (ibn) Sino, yer kurrasi, xarita, ilmi maoniy, ilmi bayon, ilmi bade’, ommaviy dars va bahs-munozaralar, Registon maydoni, ijozatnoma – diplom berilganligi, jahon standartlariga mos sifatli ta’lim beruvchi markaz

Jurnaldagi sahifalar: 403 - 410

Yuklab olish