Muallif: Qodirov, Sardor Sattorovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada sanoat korxonalarining investitsion jozibadorligini oshirishda innovatsion rivojlanishning o'rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Innovatsion faoliyat ko'rsatkichlari bilan investitsion jozibadorlik darajasi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik ochib berilgan, jahon tajribasi va milliy iqtisodiyot misolida tendensiyalar tavsiya etilgan statistik ma'lumotlar, jadval va diagrammalar orqali yoritilgan. Tadqiqot natijasida sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni oshirish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga (ITTKI) sarflanadigan xarajatlarni ko'paytirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali investorlar uchun qulay muhit yaratish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: innovatsion rivojlanish, investitsion jozibadorlik, sanoat korxonalari, raqobatbardoshlik, ITTKI xarajatlari, texnologik yangilanish, xorijiy investitsiyalar, raqamli transformatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 160 - 169