28.12.2022
420
SANOAT OQOVA SUVLARIDAN OG’IR RANGLI METALLARNI AJRATIB OLISH USULLARI

Muallif: Ibotov, Bobur Odil o’g’li; Ostonov, Sharifjon Qoyir o’g’li; Nasirova, Nigora Ramazonovna; Ergashev, Hasanboy Zohidjon o‘g‘li

Annotatsiya: Bugungi kunda texnika va texnologiyalarning yuqori darajada rivojlanishi metallar isteʼmoliga boʼlgan talabni ortishiga olib kelmoqda. Ogʼir rangli metallarni ishlab chiqarishning uzluksiz oʼsishi texnogen chiqindilarni isteʼmolini koʼpayishiga olib keldi, bu nafaqat metallarni qoʼshimcha ishlab chiqarish manbai, balki tayyor mahsulot tannarxini pasaytirish omili sifatida ham koʼrib chiqilmoqda. Qoʼllaniladigan texnologiyalar chiqindilar, shlaklar, atrof muhitga zararli gazlar va changning atmosferaga chiqarilishi bilan metallning yuqori darajada qaytarib boʼlmaydigan yoʼqotishlari bilan tavsiflanadi. Maqolada oqova suvlardan o’g’ir rangli metallarni ajratishning bir qancha zmonaviy usullari ko’rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: Biosorbsiya, mektit, zeolit, Magniy gidroksikarbonat, RNK, gidrometallurgiya, mis sulfati, cho’ktiruvchi reagent.

Jurnaldagi sahifalar: 823 - 833

Yuklab olish