Muallif: Abduraximova, Dilaram
Annotatsiya: Mazkur maqola Eronning taniqli jamoat arbobi, faylasufi va madaniyatshunosi Sayyid Muhammad Hotamiy tomonidan ilgari surilgan “Sivilizatsiyalar muloqoti” konsepsiyasining har tomonlama tahliliga bag‘ishlangan. Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi va globallashuv jarayonining tezlashuvi sharoitida Hotamiy muloqot, o‘zaro tushunish va madaniy almashinuv g‘oyasini tinchlik va barqaror taraqqiyotga erishishning asosiy yo‘li sifatida ilgari suradi. Maqolada ushbu konsepsiyaning falsafiy, madaniy va siyosiy jihatlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, “Sivilizatsiyalar muloqoti” nazariyasi insoniyatga qarama-qarshi yondashuvlarga falsafiy va axloqiy alternativani taklif qilishi, zamonaviy globallashgan dunyoda tinch va barqaror hamkorlik modelini ilgari surishi alohida ta’kidlanadi.
Kalit so'zlar: Sayyid Muhammad Hotamiy, “Sivilizatsiyalar muloqoti”, muloqot, o‘zaro tushunish va madaniy almashinuv g‘oyasi
Jurnaldagi sahifalar: 492 - 495