Muallif: Raxmanov, Abdimalik
Annotatsiya: Maqolada gumanizm g‘oyasi Sharq va G‘arb Renessans davrlarining mushtarak xususiyati sifatida ta’riflanadi. Sharq mutafakkirlarining komil inson, ma’rifatli va adolatli jamiyat, baxt-saodat, dono va odil rahbar, tenglik haqidagi insonparvarlik ta’limoti ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixida muhim o‘ringa ega. Sharq mutafakkirlari falsafasida gumanizm, hurfikrlilik g‘oyalarining gnoseologik asosi sifatida aqlni, ilm-ma’rifatni ulug‘lovchi ratsionalizm ta’limoti ilgari surilganligi ta’kidlanadi. Ratsionalizm inson aqlining va u orqali ilm-ma’rifatning qudratini asoslovchi, ilm-ma’rifatni egallash esa baxt-saodatga erishuvning muhim omili ekanligini asoslovchi ta’limot sifatida ta’riflanadi. Shuningdek, bunday gumanistik va ratsionalistik mazmundagi g‘oyalarning ontologik asosi sifatida olamning paydo bo‘lishi va tuzilishi haqidagi panteistik va deistik mazmundagi naturfalsafiy qarashlar va tabiiy-ilmiy bilimlar ravnaq topganligi qayd etiladi. Gumanizm g‘oyasi, insonparvarlik tamoyillari hozirgi Uchinchi Renessans davrining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayoti, ma’naviy madaniyatining ham xarakterli xususiyati sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Kalit so'zlar: Renessans, Sharq, G‘arb, gumanizm, insonparvarlik, hurfikrlilik, gnoseologik asos, ratsionalizm, ontologik asos, panteizm, deizm, naturfalsafa, Yangi O‘zbekiston, Uchinchi Renessans.
Jurnaldagi sahifalar: 668 - 674