Muallif: Safarov, Maqsudali Kamol o‘g‘li
Annotatsiya: Yaqin va O‘rta Sharqda IX asrdan boshlab, bir necha asr davom etgan madaniy yuksalish “Sharq xalqlari Renessansi”, “Musulmon Renessansi”kabi nomlar bilan tilga olinadi. G‘arbda esa bunday davr XV-XVI asrlarga to‘g‘ri keladi va ma’lum ma’noda Sharq Renessansining davomi sifatida yuzaga chiqadi. Masalan, Sharq she’riyat falsafasi G‘arb falsafasidan, masalan, Gegel panlogizmidan kamida ikki pog‘ona baland turadi. Vaholanki, Gegel o‘zining yevropamarkazchilik pozitsiyasidan turib G‘arb ma’naviyatini Sharqnikidan ustun o‘ringa qo‘ygan edi. Boshqa ishida esa uning o‘zi o‘z dialektikasini ishlab chiqishda Rumiyning “Ma’naviy masnaviy”sidan ta’sirlanganini yozadi.
Kalit so'zlar: Farobiy, Rymiy, Gegel, ichki dunyo, tashqi dunyo, Leskov, Toffler, Alen Turen.
Jurnaldagi sahifalar: 422 - 430