Muallif: Shirinova, Firuza Inoyatovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada 80 – yillar mamlakatimiz iqtisodiyotidagi oqsoqliklar, ularni keltirib chiqargan sabablar, bunday inqiroziy tanglikni xalq ijtimoiy hayotiga ko‘rsatgan salbiy ta’siri masalalari, shuningdek, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, hattoki xalq ta’limi sohasida yuz bergan inqiroziy vaziyatga sabab bo‘lgan ayrim jihatlar Buxoro viloyati misolida, arxiv ma’lumotlari yordamida qisman yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: sanoat, iqtisodiyot, ta’lim, qoramolchilik, reja, elat, inqiroz, ma’muriy buyruqbozlik.