17.09.2023
232
SIQILGAN STERJENLARNING USTUVORLIK MASALALARI

Muallif: Yuldoshev, Dilmurod Tura o’g’li; Pirnazarov G’ulomjon Farxadovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada materiallar qarshiligi va nazariy mexanika sohalari haqida umumiy tushunchalar, siqilgan sterjenlarning ustuvorlik masalalari haqida ma’lumotlar, xususan, siqilgan sterjenning kritik kuchini aniqlashda Eyler usulidan foydalanish va Eyler formulasining qo’llanish sohalari, kritik kuchlanishlar, sterjen uchlari mahkamlanish usuli, ustuvorlikka hisoblashning amaliy formulalari, Eyler formulasidan foydalanish chegaralari, Yasinskiyning empirik formulasi, F.R.Shenli nazariyasi, markaziy bo’lmagan kuch bilaman siqilgan egiluvchan ustunni hisoblash, siqilgan sterjenlarni amaliy hisoblash, bo’ylama – ko’ndalang egilishlar, kritik kuchni aniqlashda siljish ta’sirini hisobga olish masalalari tahlil qilingan. Transport va qurilish sohalarida mexanika va materiallar qarshiligi fanining tutgan o’rni, ustuvorlik masalalarining ahamiyati keng yoritib ko’rsatilgan.Muhandislik yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga sterjenning ustuvorlik masalalarini amaliyotga tatbiq etish bo’yicha bir qancha takliflar keltirib o’tilgan.

Kalit so'zlar: mustahkamlik problemasi, inshoot ustuvorligi, bo’ylama egilish, Kvebek ko’prigi, osma prolyot, Eyler usuli, inersiya momenti, sterjenning egiluvchanligi, empirik formula, Yasinskiy moduli, nisbiy va tasodifiy ekstentrititetlar.

Jurnaldagi sahifalar: 61 - 71

Yuklab olish