Muallif: Axmedov, Yunusjon
Annotatsiya: Siyosiy ideologemalar siyosiy munosabatlar jarayonida tez-tez uchrab turadi va ularning yordamida mafkuraviy maqsadlar o‘z ifodasini topadi. Tarixiy taraqqiyot davomida siyosiy ideologemalardan turli hukmron doiralar o‘zlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanishgan. Ularning integratsion hamda dezintegratsion ta’sir kuchi hamma vaqt ommani o‘ziga jalb qilgan. Mazkur maqolada siyosiy ideologemalardan polietnik mamlakatlarda foydalanishining ba’zan konstruktiv, ba’zan destruktiv jihatlari turli mamlakatlar etno-milliy siyosati misolida ko‘rsatib berishga harakat qilingan. Muallif tomonidan siyosiy ideologemalarning turli ko‘rinishlarini etno-milliy va konfessional muhitni sog’lomlashtirishi mumkinligiga oid takliflar ilgari surilgan va bu takliflar ko‘pmillatli O‘zbekiston uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: ideologema, polietnik mamlakat, millatchilik, hududiy yaxlitlik, siyosiy dunyoqarash, konstruktiv kuchlar, destruktiv kuchlar, tolerantlik, karikatura, milliy masala.
Jurnaldagi sahifalar: 133 - 143