Muallif: Asrorov, Ilgor
Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekistonda CEFRni joriy etish va ta’lim hamda ishga qabul qilish jarayonlarida standartlarga asoslangan baholash va standartlashtirilgan til testlarining roli va ta’sirini o‘rganadi. Ushbu testlarning keng qo‘llanilishi til o‘qitish va o‘rganishda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi va bu o‘qituvchilar hamda talabalarning qarashlariga ta’sir qilishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shuningdek, standartlashtirilgan testlarning kuch va nazorat funksiyalari bo‘yicha axloqiy (e’tik) xavotirlar (jixatlar) keltiriladi va demokratik baholash amaliyotlariga ehtiyoj borligi taklif qilinadi. Tadqiqot testlashning yanada muvozanatli yondashuvini taklif qiladi, bunda ta’limni rivojlantirish demokratik qadriyatlarni hurmat qilgan holda qo‘llab-quvvatlanishi kerak.
Kalit so'zlar: standartlashtirilgan testlash, til malakasi, CEFR standartlari, O‘zbekiston ta’limi, tilni baholash, EFL o‘qituvchilari, kirish-chiqish nazorati, ta’lim siyosati, test ta’siri, e’tik qarashlar.
Jurnaldagi sahifalar: 84 - 90