02.10.2021
430
Solayev, S. S., & Atajanov, M. K. (2021). MULTIMODAL TASHISH TEXNOLOGIYALARI INNOVATSION INFRATUZILMALARI HISOBIGA SHAHAR KO’CHA-YO’L TARMOQLARI YUKLANISHINI BOSHQARISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 87-

Muallif: Solayev, Sarvar Sardarovich; Atajanov, Maxmud Kenjabayevich,

Annotatsiya: Maqolada shahar ko’chalarida transport oqimi tarkibini yangi infratuzilmalar yordamida boyitish, yaʼni shahar ko’cha yo’l tarmog’ining (SHKYT) yuklanish koeffitsiyentidan foydalangan holda har-xil yo’lovchi tashish turlarining, shu jumladan velotransport yo’nalishlarini tashkillashtirish, tizimga yangi transport infratuzilmalarini integratsiya qilish hamda multimodal tashish texnologiyalarini joriy etish hisobiga shahar transport logistik tarmog’ining boyitish tasvirlangan. Shahar jamoat transport (SHJT) tarmog’ining kunning tig’iz paytlarida ortiqcha yuklanishini bartaraf etish va yo’lovchilarning transportni kutish vaqtini kamaytirish hamda “eshikdan-eshikkacha” tashish masalalari, aholinining SHJTda kam vaqt sarflab harakatlanishlari uchun qulay bo’lgan turli-xil sig’imli transport vositalari shu jumladan velotransportdan foydalanish, ularni optimal joylashtirish yo’li bilan hal etiladi. Bu transportda xizmat ko’rsatish standartlariga rioya qilgan holda yo’lovchi tashish hajmini oshirish imkonini yaratadi.

Kalit so'zlar: yo’nalish tarmog’i, qulaylik, innovatsion infratuzilmalari, logistik quvvat, velotransport, samaradorlik, ommoboplik, havfsizlik.

Yuklab olish