Muallif: Yuldosheva, Bibirajab Mirjonovna
Annotatsiya: Maqolada Buxoro shahar madaniyatining o‘rta asrlar davridagi qiyofasi, shahar infratuzilmasi va o‘ziga xos mikroiqlimi haqida so‘z boradi. Buxoro shahrining tarixiy qiyofasi shakllanishiga salmoqli hissa qo‘shilgan Somoniylar va Qoraxoniylar davrida Buxoro obod va xushmanzara shahar bo‘lgan. So‘z yuritilayotgan davrlarda shahar qiyofasi jiddiy o‘zgarishlarga uchrab, qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘paygan bo‘lsada, shaharni doimiy suv va yashillik bilan ta’minlash, qumli shamollar va jazirama issiqdan himoyalanish masalalari ham e’tibordan chetda qolmagan. Mazkur davrda atrof-muhit musaffoligini saqlash maqsadida saroy-bog‘lar qurish ko‘payadi. Shuningdek, Amir Ismoil tomonidan Kanpirak devorning har yilgi hashari to‘xtatilishining salbiy oqibatlari va mahalliy aholining jazirama issiqda ham salqin turadigan hovli-joylari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so'zlar: Buxoro shahar tuzilishi, ko‘handiz, shahriston, rabod, Rudi Zar, Kanpirak devor, cho‘l shamollari, bog‘, mikroiqlim, hayvonot bog‘i, dolon.