Muallif: Fattoeva, Orzigul
Annotatsiya: Asosiy qonunimiz bilan barcha fuqarolar zimmasiga Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr qimmatini hurmat qilish majburiyati yuklatilgan. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishi, yosh avlod tarbiyasi, avvalambor, tarbiya va muhit bilan bevosita bog’liqdir” . Davlat va jamiyat hayoti, uning barqaror taraqqiyot kafolati, millat birligi va hamjihatligi, har bir fuqaroning haq-huquqlari hamda burch va majburiyatlari, insonparvar huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish asosi ekanligi Konstitutsiyamizda ko’rsatilgan. Konstitutsiya davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirish tartiblarni, saylov tizimi, fuqarolarning huquq erkinliklari, jamiyat va shaxsning o’zaro munosabatlarini, shuningdek, sud, davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab beradi.
Kalit so'zlar: talaba shaxsi, insoniylik muammosi, motivatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 188 - 194