Muallif: Otobolyaev, Dostonbek Mahmudjon o‘g‘li
Annotatsiya: Mamlakatimizda soʻnggi besh yillikda olib borilgan islohotlarning natijasida yurtimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi. Yoshlar hayotida sogʻlom turmush tarzi va jismoniy tarbiyani rolini oshirish, yosh avlodni sportning barcha turlariga keng jalb qilish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib, mazkur maqsadga erishish uchun mavjud sport muassasalarida yetarli sharoitlarni yaratish, shuningdek bu boradagi ishlarni tizimli ravishda samarali tashkil etishni taqozo etadi. Bugungi kunda yosh avlodni sog`lom, ma`nan hamda jismonan tarbiyalash davlatimizning sport sohasida olib borayotgan siyosatining asosiy yo`nalishlaridan bo`lib hisoblanadi. Bejizga, “O`zbekiston Respublikasining Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”gi qonunida jismoniy tarbiylash jarayoniga yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon sifatida qaralishi belgilab o`tilmagan.
Kalit so'zlar: Sport, tashkilot, jamoat birlashmalari, sport huquqi, jismoniy tarbiya, sport qoidalari hamda reglamentlari.
Jurnaldagi sahifalar: 151 - 158