14.05.2026
42
SPORT TERMINLARINING MILLIY MENTALITETNI IFODALASHDAGI O‘RNI: REALIYA VA LAKUNALAR MISOLIDA

Muallif: Barotov, Javoxir Ravshan o‘g‘li,

Annotatsiya: Mazkur maqolada sport terminlarining milliy mentalitetni ifodalashdagi o‘rni lingvomadaniy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sport tilida uchraydigan realiya va lakunalar milliy madaniyat, xalq dunyoqarashi, ijtimoiy qadriyatlar hamda kommunikativ an’analarni aks ettiruvchi muhim lingvistik birlik sifatida o‘rganiladi. Ayniqsa, futbol leksikasi misolida ingliz va o‘zbek tillaridagi sport terminlarining semantik, pragmatik hamda lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida sport terminologiyasi nafaqat kommunikativ vosita, balki milliy identitet va madaniy tafakkurni ifodalovchi lingvomadaniy hodisa ekanligi asoslab beriladi.

Kalit so'zlar: sport lingvomadaniyati, sport terminologiyasi, realiya, lakuna, milliy mentalitet, futbol leksikasi, lingvokulturologiya, sport diskursi, muqobilsiz leksika, madaniy tafovut, fanatlar nutqi, metaforik birliklar.

Jurnaldagi sahifalar: 283 - 288

Yuklab olish