Muallif: Atayeva, Maloxat Isakovna; Boltabayeva, Matluba Adilbekovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda storytelling texnologiyasining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xususan, 3–4-sinf o‘qish savodxonligi darsliklari hamda jahon bolalar adabiyoti namunalari asosida hikoya orqali o‘qishga qiziqishni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar, konstruktivizm nazariyasi, Vygotskiyning ijtimoiy-madaniy rivojlanish nazariyasi va kompetensiyaviy ta’lim tamoyillari bilan bog‘liq ilmiy qarashlar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: storytelling, kitobxonlik madaniyati, o‘qish savodxonligi, boshlang‘ich ta’lim, jahon bolalar adabiyoti, innovatsion texnologiyalar, mutolaa, kompetensiya.
Jurnaldagi sahifalar: 512 - 516