Muallif: Abdurasulov, Shahzod
Annotatsiya: Mazkur maqolada tasavvuf ta’limoti, xususan naqshbandiya tariqati bo‘yicha xorijiy olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida Reynold Nikolson, Artur Arberri, Lui Massinon, Anna Mariya Shimmel, J. S. Trimingem, Yurgen Pol, Devin Deves hamda Terri Zarkon kabi sharqshunos va islomshunos olimlarning ilmiy ishlari ko‘rib chiqiladi. Ularning tadqiqotlarida naqshbandiya tariqatining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, Bahouddin Naqshband, Abduxoliq G‘ijduvoniy va Xo‘ja Ahror Valiy kabi tasavvuf namoyandalarining faoliyati hamda tariqat rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil etiladi. Maqolada Abdurahmon Jomiy, Muhammad Porsо va Salohiddin Buxoriy kabi mualliflarning asarlari tasavvuf tarixini o‘rganishda muhim manba sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari naqshbandiya tariqati Markaziy Osiyo jamiyatining ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutganini hamda keyinchalik boshqa mintaqalarga ham keng tarqalganini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: tasavvuf, naqshbandiya tariqati, Markaziy Osiyo, Bahouddin Naqshband, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xo‘ja Ahror Valiy, sharqshunoslik, tasavvuf manbalari.
Jurnaldagi sahifalar: 27 - 37