12.11.2024
58
SUDDA YERGA OID HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB CHIQADIGAN ISHLARNI KO‘RISH BORASIDAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Muallif: Qarshiboyev, Jasurbek Komiljon o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko‘rishni huquqiy jihatdan takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, ushbu turdagi ishlarni sudda ko‘rish masalasi va boshqa ish ko‘rish turlaridan farqli hamda o‘ziga xos jihatlari batafsil yoritilgan. Maqolada yer nizolarining murakkabligi, ushbu nizolar sonining o‘sishi tendensiyasi kuzatilayotganligi, yer nizolarining ko‘p hollarda davlat ijro hokimiyati idoralari qarorlari bilan bog‘liqligi va yerning tabiiy va xo‘jalik-ishlab chiqarish obyekti sifatidagi ahamiyati ushbu nizolarni ko‘rib chiqishda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganishni taqozo etishi tahlil qilindi. Sudlar tomonidan yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishni takomillashtirish uchun, eng avvalo, yer bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar asrlar davomida yaxshi rivojlangan mamlakatlarning huquqiy tajribasini o‘rganish hamda yurtimizda ham ushbu huquqiy mexanizmlarni joriy etish samarali natija berishi huquqiy jihatdan asoslantirildi. Rivojlangan mamlakatlarda yerga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solishda aksariyat hollarda ixtisoslashtirilgan yer sudlarining faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan. Shu sababli maqolada fuqarolik sudlari negizida ixtisoslashtirilgan yer sudlarini tashkil etishning ijobiy va salbiy taraflari haqida bahs yuritiladi.

Kalit so'zlar: yer nizolari, sudlarni ixtisoslashtirish, yer sudlari, nizolarni ko‘rib chiqish, ijara huquqi, yer uchastkalari.

Jurnaldagi sahifalar: 247 - 259

Yuklab olish