Muallif: Abdusalimov, Abdulaziz Ilyos o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur maqolada dalil tushunchasi, uning turlari, dalillar to‘g‘risidagi ta'limot, jinoyat ishi yuzasidan chiqariladigan har qanday qaror dalillarga va faqat dalillarga asoslanib chiqarilishi, dalillar muammosi va uning jinoyat-sudlov ishlari yuritish tizimining markazida turishi, dalillarni topish va to‘plash, ularni prosessual mustahkamlash, tekshirish va baholash, bu masalalarni bevosita tartibga soladigan huquqiy me'yorlar yig‘indisi tadqiq etilgan. Shu bilan birga, sudning isbot qilish huquqi, dalillar nazariyasi, dalillarning tavsiflanishi, dalil va isbot qilish tushunchalarining nazariy asoslari, isbot qilish huquqining amaliyotda qo‘llanishi, mazkur nazariy asoslarning qonun bilan tartibga solinishi, xorijiy davlatlardagi turli tizimlarni, dalillar tarixi, dalillar va isbot qilish jarayoniga oid bahsli nazariy muammolar, dalillarning aloqadorligi va maqbulligi, ishonchliligi va yetarliligi, ularni topish, tekshirish, prosessual mustahkamlash,baholash usullarining mazmuni va doirasi, ayrim turdagi dalillardan foydalanishning prosessual tartibi va shu kabi masalalarning hal qilinishi, dalilning jinoyat prosessi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilashga ta'siri, isbot qilishning jinoyat prosessining demokratik prinsiplarini amalga oshirish bilan uzviy bog‘liqligi, jinoyat protsessida haqiqat tushunchasi, haqiqatni aniqlash, dalillarning faktik ma'lumotlar bilan aloqadorligi, faktik ma'lumotlar asosida shaxsning aybdor yoki aybsizligini aniqlash, dalillar orqali shaxsning javobgarlik darajasini belgilovchi boshqa ish holatlarni aniqlash masalalari, sudning ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari bo‘yicha dalillarga baho berishi tahlil qilingan. Shuningdek, har bir dalilning ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi, dalillar ish uchun ahamiyatli faktlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarning manbalari ekanligi, bu ma'lumotlar vositasida o‘sha faktlar aniqlanishi o‘rganilgan.
Kalit so'zlar: dalil, sud tergovi, dalillarni tershirish, dalillar nazariyasi, isbotlash, faktik ma’lumotlar
Jurnaldagi sahifalar: 813 - 822