18.07.2023
427
SUG‘ORILADIGAN MAYDONLARDA YER OSTI SIZOT SUVLARI SATHI VA MINERALLASHUVINI GAT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA ANIQLASH VA BAHOLASH (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani misolida)

Muallif: Qulmatov, Rashid Anorovich; Mirzaev, Jasur Ashiralievich; Odilov, Sarvar Akramovich; Alimov, Atabek Xayratdin uli; Indaminova, Zinayda Alimovna

Annotatsiya: Bugungi kunda sug‘oriladigan maydonlarda yer osti sizot suvlari sathining ko‘tarilishi va minerallashuvining ortib borishi kuzatilmoqda. Bu holatlar ayniqsa, Orol havzasida joylashgan mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga o‘zining sa‘lbiy ta‘sirini ko‘rsatmoqda. Yer osti sizot suvlari sathining ko‘tarilishi va minerallashuvining oshishi sug‘oriladigan maydonlarda sho‘rlanish jarayonining jadallashishiga sabap bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, tuproqlarning unumdorlik xususiyatining yo‘qolishiga va oziq-ovqat tanqisligi muammosiga olib keladi. Tadqiqot ishlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani sug‘oriladigan maydonlarida 2011-2022 yillar davomida yer osti sizot suvlarining sathi hamda minerallashuvi o‘zgarishi baholandi. Olingan natijalarni tahlil qilish ushun an‘anaviy usillardan va GAT texnologiyalardan foydalanildi. Tadqiqot natijalari, tumanda yer osti sizot suvlari sathining 0-1 m da 495 ga, 1-1,5 m da 2081 ga, 1,5-2 m da 14970 ga, 2-3 m da 3770 ga, 3-5 m da 208 ga va minerallashuvi miqdorining 1-3 g/l da 12612 ga, 3-5 g/l da 7115 ga, 5-10 g/l da 1797 ga ega ekanligini ko’rsatti.

Kalit so'zlar: Sug‘oriladigan maydonlar, yer osti sizot suvlari sathi va minerallashuvi, statistik tahlillar, GAT texnologiyalari.

Jurnaldagi sahifalar: 204 - 214

Yuklab olish