15.07.2024
183
SUG‘ORISH VA O‘G‘ITNI G‘O‘ZA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI

Muallif: Jumanov, D.T.; Ubaydullayeva, Sh.H.; Tojiyeva, S.O.

Annotatsiya: Tajriba dalasining tuprog‘i o‘tloq-bo‘z bo‘lib, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rtacha qumoq, yer osti suvlarining sathi 7-8 metr chuqurlikda joylashgan, eskidan sug‘orilib, ekin ekib kelinayotgan yer bo‘lib, o‘tmishdosh ekin g‘o‘za. Tajriba qo‘yilishidan oldin dalaning haydov qatlamida (0-30 sm) harakatchan azot-9,4 mg/kg, fosfor-24,6 mg/kg, gumus-1,13 foiz, tuproqning 30-50 sm qatlamida muvofiq ravishda-8,6-12,2 mg/kg, gumus-0,86 foiz va oziq moddalarining umumiy shaklidagi miqdori azot-0,105 foiz, fosfor-0,130 kaliy- 2,26 foizni tashkil etdi. Tajriba dalasidagi tuproqlarning hajm massasi 0-70 sm qatlamida-1,28 g.kub.sm, chegaralangan dala nam sig‘imi-19,6 foiz, 0-100 sm qatlamida esa bu ko‘rsatkich muvofiq ravishda 1,30 g.kub.sm, 20,0 foiz ekanligi aniqlanildi. Tajriba dalasida g‘o‘zalar ikki sug’orish rejimida (65-65-60 va 70-70-60 foiz) sug‘orilib va ikki me’yor miqdorida ma’dan o‘g‘itlar (N-150-200, P-120-140 va K-75-100 kg/ga) tavsiyanoma asosida berilib, parvarish qilindi. Tajribaning qattiq tutilgan sug‘orish rejimida (65-65-60 foiz) ma’dan o‘g‘itlar me’yorini N-150, P-120 va K-75 kg/ga dan N-200, P-140 va K-100 kg/ga oshishi bilan hosildorlik 2,5 sentnerga ko‘p bo‘lishi shu ma’dan o‘g‘itlar fonida sug‘orish rejimi 70-70-60 foiz bo‘lgan variantda esa (6-variant) hosildorlik 3,1 sentnerga yuqori bo‘lganligi hisobga olindi. Demak, tajriba dalasida eng yuqori hosil (36,2 s/ga) g‘o‘zalar 2-3-1 tartibda sug‘orilib (70-70-60 foiz) ma’dan o‘g‘itlar me’yori g‘o‘zaning Zarafshon navi uchun gektariga: N-200, P-140 va K-100 kg/ga bo‘lgandagina yuqori samara olinganligi aniqlanildi.

Kalit so'zlar: O‘g‘itlash nisbati, sug‘orish rejimi, tup qalinlik, hosildorlik, sifat, cheklangan dala nam sig‘imi, nam sig‘imi, yalpi, umumiy, harakatchan, azot, fosfor kaliy, gumus, iqtisodiy samaradorlik, rentabellik.

Jurnaldagi sahifalar: 435 - 439

Yuklab olish